12 Aprel 2021 yil
530
O‘z uyini foxishaxonaga aylantirgan ayol ushlandi.
Joriy yil 22 mart kuni, Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan Namangan shahar Yangi tong MFY 5a-kichik tumandagi xonadonda yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan ayol yashash xonadonida 80.000 so‘m pul evaziga 1989 yilda tug‘ilgan erkak va 1998 yilda tug‘ilgan ayolning ishqiy munosabatlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati