O‘z tanishi bosqinchi bo‘lib chiqdi
2021 yil 9 iyul' kuni soat 23:22 da, viloyat IIB 102-tizimi operatoriga tushgan xabarga ko‘ra, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol shu kuni soat 22:30 larda, xususiy shifoxonada navbatchilik qilib turgan vaqtida, “Murodjon” ismli tanishi u bilan ko‘rishib gaplashib olish maqsadida kelganida, uni ixtiyoriy ravishda xususiy shifoxonaga olib kirib, o‘zaro gaplashib o‘tirgan vaqtida uni bo‘ynidan bo‘g‘ib, undan pul yoki boshqa moddiy qimmatlikdagi buyumlarni berishni talab qilib, yuz qismiga polietilen idishda bo‘lgan suyuqlikni sepib, bo‘ynida bo‘lgan narxi 3.000.000 so‘mlik zanjir, qulog‘ida bo‘lgan narxi 4.500.000 so‘mlik baldoq hamda narxi 4.500.000 so‘mlik “Huawei” rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan noma'lum tomonga yashiringan.
RShTYoIM Namangan filialining dastlabki ma'lumotnomasida, ayolni badanida chap ko‘z, og‘iz lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari borligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB xodimlari, viloyat IIB JQB, va Namangan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv xarakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan N.Murodjon sodir etganligi aniqlanib, jabrlanuvchi tomonidan tanib olingan hamda daliliy ashyo, ayollar zanjiri, baldoq va “Huawei” rusumli uyali telefon apparati olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul' kuni O‘z.R JKning 164-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati