O‘quvchi qiz savdo do‘konini o‘mardi
2021 yil 5 dekabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 4 dekabr' kuni soat 12:15 larda noma'lum shaxs, Pop shahrida joylashgan savdo do‘konidan jami 570.000 so‘mlik ayollar parfyumeriyalarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB HPMB profilaktika inspektori va Pop tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 dekar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati