10 Sentyabr 2021 yil 357

Olma bog‘idan mol o‘g‘irlagan yigit ushlandi.

2021 yil 8 sentyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 sentyabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, o‘ziga tegishli bo‘lgan olma bog‘ida qarovsiz qoldirgan narxi 4.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib,  chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili, HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech