31 Oktyabr 2020 yil 478

O‘g‘ri rejasini amalga oshirolmadi biroq jazodan ham qochib qutilolmadi.

Joriy yil 27 oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda  shu yil 18 oktyabr kuni soat 12:00 dan soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Namangan shahar Sardoba MFYda joylashgan avtoturargohda VAZ-2106 rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina orqa eshigi oynasini ochib, salonda bo‘lgan mulklarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida kelib qolganligini, notanish shaxs jinoyatni oxiriga yetkaza olmay, voqea joyidan qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 2-otryad xodimlari va hamda Milliy Gvardiya harbiy qism patrul' xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 24 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 25,169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.   

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech