14 Noyabr 2020 yil 495

O‘g‘irlikni maktab o‘quvchisi sodir etdi.

Shu yil 12 noyabr' kuni Chust tumanida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 10 noyabr' kuni soat 11:00 larda, Chust tumanida joylashgan savdo do‘koni eshigini ochiq qoldirganidan foydalangan noma'lum shaxs, do‘konda bo‘lgan “SAMSUNG J-2” rusumli uyali telefon apparati va 80.000 so‘m pullarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tuman IIB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanidagi maktabning 10-sinf o‘quvchisi, sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 13 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech