30 Yanvar 2021 yil 600

O‘g‘irlik sodir etgan ayol qo‘lga olindi.

2021 yil 28 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 28 yanvar' kuni soat 14:00 larda, yashash uyida joylashgan, ayollar go‘zallik salonidan narxi 900.000 so‘mlik Redmi-8 rusumli telefon apparati va 100 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Samarqand viloyatida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech