26 Iyun 2021 yil 389

O‘g‘irlik qilgan qo‘shni ayollar qo‘lga olindi.

Shu yil 16 iyun' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 dan soat 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, darvoza eshigi qulfini buzib kirib, yotoqxonasidagi shkaf ichida bo‘lgan umumiy narxi 7.000.000 so‘mlik bir juft tilla baldog‘ini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan ayol va 2002 yilda tug‘ilgan ayol qo‘shnisi bilan sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 iyun' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech