5 Avgust 2023 yil 237

O‘g‘irlangan uzuklar egasiga qaytarildi

2023-yil 29-iyul kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs yashash hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasining deraza tokchasida turgan umumiy narxi 1.550.000 so‘mlik 2 dona tilla uzuklarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech