15 Fevral 2021 yil 224

O‘g‘irlangan avtomashina texnik soz holda topildi.

Joriy yil 12 fevral' kuni soat 15:30 larda Namangan shahar “Yangiqurilish” MFYda yashovchi avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustasi ariza bilan murojaat qilib unda shu yil 11 fevral' kuni soat 20:00 larda, VAZ-21011 rusumli avtomashinasini yashash uyi oldiga qo‘yib, 12 fevral' kuni soat 09:00 larda uyidan chiqqan vaqtida, avtomashina joyida yo‘qligini ko‘rgan va biror-bir tanishlari olib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqida gumon qilib, o‘zi qidirib ko‘rgan, biroq natija bo‘lmaganligi sababli, avtomashinasini qidirib topishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, viloyat IIB YHXB YPXB 2-safarbarlik guruxi YPX inspektorlari tomonidan o‘g‘irlangan avtomashina Namangan shahar “Boburshoh” MFY Boburshox ko‘chasida joylashgan 13-ko‘p qavatli uy oldidan texnik soz holatda topilgan.

Avtomashina old chap va o‘ng eshigidan, oynasidan, old kapot qismilaridan 9 dona qo‘l barmoq izlari olinib, hozirda shaxsni identifikasiya qilish tizimi orqali tekshirilmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan 2021 yil 12 fevral' kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech