O‘g‘irlab ketilgan velosiped egasiga qaytarildi
2021 yil 25 noyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 noyabr' kuni soat 13:00 larda noma'lum shaxs, yashash hovlisiga devor bilan o‘ralmagan tomonidan kirib, narxi 1.000.000 so‘mlik bir dona velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tumani IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati