27 Iyun 2025 yil 505

Yangiqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati

Hurmatli tumanimiz fuqarolari va mehmonlari!

Prezidentimizning joriy yilning 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarda havfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarori mahallalarda havfsiz muhitni yaratish boʻyicha mutlaqo yangicha ishlash tizimi boʻldi. Mahallalarda mavjud muommolarni joyida manzilli hal etish uchun “Ijtimoiy profilaktika” tizimi yoʻlga qoʻyildi.

 Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 2632 nafar shaxslarga xulosalar berib, mavjud muommolari mahalla yettiligi tomonidan ijobiy hal etilib kelinmoqda. Mahalla faollari tomonidan 119 nafar shaxslarning muammolari ijobiy hal etildi. Bugungi kunda ijtimoiy praflaktika tadbirlar amalga oshirilishi oʻzining ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir etilishini barvaqt oldini olishiga samarali hizmat qilmoqda.

Tumanimizda Joriy yilning 5 oyi 26 kun davomida mahalla xududida 85 ta jinoyat sodir etilib, 7 ta (Qayroqi, Soyboʻyi, Yangi Bogʻiston, Namuna, Yuqori qorayantoq, Qandiyon va Qorapolvon) mahallalarini qizil toifaga kirishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, 71 ta mahallalarning 37 tasida jinoyatlar sodir etishiga yoʻl qoʻyilmadi. Hurmatli yurtdoshlar! Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilayotgan turlari ularning kelib chiqish sabab va huquqlari omillariga toʻxtalib oʻtsam.

Joriy yilning 5 oyi  26 kun davomida tuman hududida 30 ta oʻgʻirlik jinoyatlari qayd etilgan, ushbu oʻgʻirliklarning 9 tasi xayvon oʻgʻirligi, 8 tasi xonadon oʻgʻirligi, 6 tasi savdo shaxobchalardan, 6 ta telefon oʻgʻirligi va 1 tasi kissovurlik yoʻli bilan sodir etilgan, ushbu jinoyatlarni taxlil qilinganda xayvon oʻgʻirligi kelib chiqish sababi fuqarolar tomonidan xayvonlarni dalalarga qarovsiz tashlab ketish oqibatida sodir etilgan boʻlsa xonodon oʻgʻirligi yashash xonodonimizda mavjud boʻlgan mol mulklarimizni qarovsiz qoldirish, eshiklarni ochiq xolatda tashlab ketish va xovli devorlar bilan oʻralmaganligi, oʻralgan devorlar past xolatda boʻlganligi sababli sodir etib kelinmoqda. Jinoyatning kelib chiqishiga oʻzimiz ham befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot boʻlmasligimiz oqibatida jinoyatchilarga sharoit yaratib berilayotganligi koʻrilmoqda.

Bugungi kunda eng koʻp sodir etilayotgan jinoyatlardan biri bu oʻgʻirlik jinoyati boʻlib tuman hududida shu davrda 30 ta jinoyatlar qayd etildi. Ushbu jinoyatlarda fuqarolar oʻz mol mulklarini koʻchalarda qarovsiz qoldirib, yashash xonodonlarini ochiq xolda tashlab ketishlik va dalalarda uy xayvonlarini qarovsiz xolatda tashlab ketishganligi oqibatida sodir etilmoqda.

 Koʻcha va jamoat joylarda jinoyatlarni oldini olish boʻyicha tegishli naryad va hizmatlar tashkil etib kelinayotganiga qarmay Joriy yilning5 oyi 26 kun davomida 9 ta bezorilik xamda  11 ta tan jaroxati bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlari sodir etildi. Ushbu jinoyatlarini kelib chiqish sabablari oʻrganilganida fuqarolar bir-birlari bilan oʻzaro kelishmovchilik, pul oldi berdi masalalari, oʻzaro rashq oqibatida, fuqarolar oʻz xarakatlarini xuquqiy oqibatini tushunib yetmasliq natijasida sodir etilganligi aniqlangan. Eʼtibor qaratadigan boʻlsak, jamoat joylarda fuqarolar sovuq qurollarni olib yurish holatlari koʻplab uchramoqda.

Oʻtkazilgan tigʻ tadbirlari jarayonida 33 ta fuqarolar tigʻli jismlarni yonlarida olib yurganliglari aniqlanib 14 nafariga tegishli tartibda choralar koʻrilib 19 nafar fuqarolar rasmiy ogoxlantirilgan.

Muhim bir yoʻnalishlardin biri giyohvandlik va psixatrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdir. Tumanimizda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uni yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirmoqdamiz. Olib borilgan tadbirlar natijasida 11 ta jinoiy holatlar aniqlanib 20 killogramdan ortiq giyohvandlik moddalar va psihatrop dorilar noqonuniy muomilasiga chek qoʻyildi. Mazkur holatlar boʻyicha 20 nafar shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi. Albatta bir narsani unutmasligimiz kerak, bu illatga qarshi barchamiz kurashishimiz shart va lozim deb hisoblayman.

Bugungi rivojlangan davrda axborot texnologiyalar yordamida sodir etilayotgan jinoyatlar keskin ortib bormoqda. Jinoyatlarning oʻziga xos tomoni shundaki, jinoyatni sodir etayotgan shaxs uchun chegara va masofa toʻsqinlik qilmaydi. Jinoyatchi qisqa fursatda 10 lab xattoki 100 lab fuqarolarni jabrlanuvchiga aylantiradi.

Joriy yilning 5 oyi  26 kun davomida bu yoʻnalishdagi sodir etilgan 135 ta jinoyatlar, umumiy sodir etilgan jinoyatlarni 61% ni tashkil etmoqda. Mazkur jinoyatlarning 86,7% plastik kartalardan mablagʻlarni 100 ta oʻgʻirlik holatida va 29 ta firibgarlik holati bilan talon taroj qilingan. 70% plastik karta malumotlarni berganligi uchun, 19% ijtimoiy tarmoqda mablagʻlarni koʻpaytirib berishda aldanish, 11% esa onlayn savdo bilan shugʻullanish orqali sodir etilgan. Achinarlisi aksariyat hollarda fuqarolarning oʻzlari jinoyatchilarga osongina aldanib qolib, plastik karta kodlarini oddiy holda aytib qoʻyishi orqali mablagʻlarni topshirishmoqda. Shu oʻrinda ayrim fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoq orqali tez va qisqa fursatda boyish ilinjida boʻlayotganligi tashvishli holdir. Buning oqibatida oʻzlari jinoyat qurboniga aylanmoqdalar. Jinoyatchilar tomonidan fuqarolarning 500.000.000 soʻmdan ortiq mablagʻlari oʻzlashtirib olingan. Kiberjinoyatlarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar jarayonida 19 dan ortiq jinoyatlar fosh etilib, 200.000.000 soʻmdan ortiq miqdoridagi pullari qaytarildi.

Yoʻllarda harakat havfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tuman hududida oʻtgan yillar uzunligi 121 kilometrni tashkil etib bundan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan va 186 kilometr ichki yoʻl hoʻjalik yoʻllarini tashkil etadi. Yoʻllarda 4 ta tezlikni oʻlchaydigan radar, 5 ta qoida buzarliklarni aniqlaydigan foto va video qayt etish kameralari oʻrnatilgan. Mazkur yoʻllarda yoʻl harakati havfsizligini taʼminlash uchun 6 nafar yoʻl patrul inspektorlari xizmatlari jalb etilib kelinmoqda. Joriy yilning 5 oy 26 kun davomida 13 ta yoʻl transport hodisalari sodir etilib, ularning 13 tasi tan jarohati bilan yakunlangan. Oʻlim bilan tugagan yoʻl transport hodisalari sodir etilmagan. Yoʻl transport hodisalarini oldini olish maqsadida mutasaddi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash chora-tadbirlari koʻrildi. Muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Lekin bugungi kunda haydovchilik va huquqiy madaniyatni yetarli deb boʻlmaydi. Ayrim haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasdan, mensimasdan transport vositalarini boshqarish, ayrim hollarda esa ota-onalarning oʻzlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositalarini boshqarishga imkon berayotganliklari ogʻir oqibatli yoʻl transport vositalarini keltirib chiqarmoqda. Eng achinarlisi ayrim fuqarolar moddiy manfaat evaziga voyaga yetmagan maktab oʻquvchilariga transport vositalarni boshqarish, ijaraga berish oqibatida mudhish hodisalar ham kelib chiqmoqda. Tumanimizda ham bu kabi 18 ta xolatlarda 12 ta transport vositasini boshqarish, 3 ta skuter boshqarish orqali voyaga yetmaganlar tomonidan qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli tartibda ularning ota-onalariga choralar koʻrilgan. Yuqoridagi nohush holatlarni oldini olish borasida yoʻl harakati havfsizligi boʻlimi tizimi tomonidan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Joriy yilning 5 oy 26 kun davomida 7.268 ta qoidabuzarliklar aiqlangan boʻlib, ularning 5 548 tasi qoʻpol qoidabuzarliklarni tashkil etadi.

Aziz tumanimiz fuqarolari, yoʻl transport hodisalari boʻyicha bir qancha jiddiy masalalarni aytib oʻtdim, albatta barchamiz haydovchilik hurmatini saqlagan holda qoidalarga itoat qilib harakatlansak xech qanday koʻngilsiz hodisalar sodir etilmasligiga oʻzimizni hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.

Bugungi kunda tumandagi maktablar, kasb-xunar, tenikumlar, kollejlar va litseylarda 39 678 dan ortiq oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Voyaga yetmaganlarni barkamol inson boʻlib tarbiyalash davlatimiz siyosatining eng muhim ustivor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi. Lekin olib borilayotgan ishlar samaradorligi yetarli darajada boʻlmaganligi bois voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyib kelinmoqda. 5 oy 26 kun davomida 4 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyildi. Aksariyat oʻquvchilar oʻzlari bilan birga tigʻli jismlarni olib yurishni odat qilib olganlar. Oʻtkazilgan tadbirlar davomida oʻquvchilarda 23 dona oʻtkir tigʻli buyumlar olingan. Oʻquvchilarni nazorat qilinmasligi oqibatida dars mashgʻulotlariga qatnashmasligi holatlariga yoʻl qoʻyib kelinayotganligi davomat tadbirlarida maʼlum boʻlmoqda. Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar bilan maktab, mahalla-oila tamoyili asosida ishlash tizimi joriy etildi. Oʻquvchilar oʻrtasida qonun buzulishlar va boshqa koʻrinishdagi xulq ogʻishlariga qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlarni mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, ularda vatanga sadoqat hislarini shakillantirish, maktablarda doimiy ravishda davomatni tekshirish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish kabi vazifalar amalga oshirib kelinmoqda. Aziz viloyatimiz ahli, voyaga yetmagan farzandlarimizning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish, bilim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalarini birgalikda amalga oshirib, manzilli ishlarni tashkil etsak oldimizga qoʻyilgan maqsadlarga erishamiz.

Viloyatimizda yoshlar jinoyatchiligini oldini olish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tegishli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Soʻngi yillarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tengligini taʼminlash, tazyiq va zoʻrvonliklarni oldini olish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirmoqda. Albatta xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʻravonliklardan himoya qilish borasida asosiy masʼuliyatni ichki ishlar organlari oʻz zimmasiga olgan. Bugungi kunda ayrim oilalarda hali ham maʼnaviy muhitni nosogʻlomligi tazyiq va zoʻravonlik natijasida jinoyatlar sodir etilishiga olib kelmoqda. Shuni inobatga olib hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizoli oilalarni yana bir bor oʻrganib chiqib, ularning muommolarini manzilli hal etish choralarini koʻrish lozim boʻladi. Bunda albatta mahalla masʼullari bilan birgalikda mahallalardagi nuroniy otaxon va onaxonlar, oila qadryati tushunchasi barcha yoshlarga singdirish borasida muhim rol oʻynashlari kerak.

Hozirgi zamonda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, hayot uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Energiya resurslarini ishlab chiqarish va undan samarali foydalanish muommosi global miqiyosda dolzarb masala boʻlib ularni tejash lozim. Viloyatda energiya resurslarini talon-tarojini oldini olish borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda qoʻshimcha reydlar va tushuntirish profilaktik tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Yoʻl xaritalari ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalarda aholi gavjum joylarda 62 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisga 360 gradus aylanuvchi 1 ta, mahallalarning asosiy kirish chiqish joylariga 23 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomabil raqamini tanib oluvchi 5 ta, maktablardagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga, ochiq sport maydonlariga 18 ta, jami 36 ta PTZ-kameralar, koʻp qavatli uylarning eshiklariga 12 dan ortiq damafonlar, uylarning kirish yoʻlaklariga 7 dan ziyod tashvish tugmalari oʻrnatildi. Mahallalardagi koʻp qavatli va yakka tartibdagi 156 dan ortiq  xonadonlarni Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmat tomonidan tezkor qoʻriqlovga olindi. Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 217 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 10 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 27 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 43 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.

Mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida tumanimizda bugungi kunda profilaktika inspektorlari mahallalarni oʻzlarida qoʻriqlash xizmati xodimlari bilan birgalikda, fuqarolarimizning tinchlik va osoyishtaligini taʼminlab kelmoqda. Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va shahrimiz mehmonlari  barchamiz jinoyat sodir etilgandan keyin emas, uni avvaldan barvaqt oldini olishga alohida eʼtibor qarataylik. Bugungi kunda viloyatimizni barcha  mahallalarida profilaktik inspektorlari bevosita mahalla eltini bilan birgalikda kun-u tun xizmat olib bormoqdalar. Viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasini faqatgina davlat idoralarini vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarash lozim.

Eʼtiboringiz uchun raxmat!

Yangiqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi R.Usubjonov

Text to speech