Yangiqoʻrgʻon tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha
sohalarda misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush
darajasi keskin oʻsib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham boʻlmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, oʻzgarishlar samarador boʻlishining
kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning
uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining
eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga
soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita
bogʻliqdir.
Aziz Yangiqoʻrgʻon ahli!
Oʻzbek vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador boʻladimi, barcha
- barcha, Oʻzbekistonimizda tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan
taminlangan, uning hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli
himoyalangan boʻlishi shart.
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib boʻlmaydi.
“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish
ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Yangiqoʻrgʻon tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir
koʻrsatadi, uning oʻziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari
bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari
joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo
muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib
chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida, istirohat
bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari koʻrilayapti.
Aziz vatandoshlar !
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga
qoʻyganmiz.
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni
yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini
yanada oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida jinoyatlarning
sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni
kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti,
“ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali
profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini
shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish,
kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi,
viloyat prokurori rahbarligida viloyat va tuman-shahar prokuraturalarida
idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 71 ta mahallaning kriminogen
vaziyati ogʻir, 14 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirildi. Barcha
mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirli yoʻl xaritalari ishlab
chiqildi.
Yoʻl xaritalari ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalarda aholi gavjum
joylarda 150 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisga 360 gradus aylanuvchi 3 ta,
mahallalarning asosiy kirish chiqish joylariga 46 ta, bozor va savdo
markazlariga yuzni va avtomabil raqamini tanib oluvchi 5 ta, maktablardagi
maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga, ochiq
sport maydonlariga 20 ta, jami 74 ta PTZ-kameralar, koʻp qavatli uylarning
eshiklariga 26 dan ortiq damafonlar, uylarning kirish yoʻlaklariga 7 dan ziyod
tashvish tugmalari oʻrnatildi. Mahallalardagi koʻp qavatli va yakka tartibdagi
200 dan ortiq xonadonlarni Milliy
gvardiya qoʻriqlash xizmat tomonidan tezkor qoʻriqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”,
“Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 200 ga yaqin
stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 6 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 15
ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 43 ta
yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Albatta bu natija beryapti.
Misol uchun, Shuningdek, bedarak yoʻqolgan 17 nafar shaxslar topilib, 6 ta
jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 7 ta
mahallalarning 2 tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda. (2025-yil 5 oy 26 kun davomida,
Soyboʻyi, Yuqori Qorayontoq va Qorapolvon qizil mahalla toifasida turadi)
Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda
jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni yoʻlga
qoʻydik.
Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 37 ta oldini
olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror
taʼsir choralari qoʻllanildi.
Eʼtibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik
hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2 -
chorak uchun yoʻl xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf
etish boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibini
joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-lar 71 ta
mahallalarga nomma–nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab
chiqdik va tarqatdik.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini
oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda
amaliy tadbirlarni ham
oʻtkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori”
degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha
dastlabki bajarilgan ishlar va
tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini
oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning oʻtgan 2 - choragida 12 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 200
nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq
eʼtibor berishi lozim boʻlgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir
nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq pul topish bilan
birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini ham
oʻylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham bunga
yaqqol misol boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot
texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir
etilayotganligi tashvishli holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber
makondagi jinoyatlar salmogʻi ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni
taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 63 foizini axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy
yilning oʻtgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablagʻlarini yechib
olish holatlari yuzasidan 135 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oqibatda esa fuqarolarga 600 mln. soʻmga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 29 tasi yoki 21.4 foizi
firibgarlik hamda 106 tasi yoki 78.6 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu
sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy
tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini
hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz viloyatdoshlar!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim
turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 5 oyi 26 kun davomida, mast xolda (4-1),
muqaddam sudlanganlar (5-1) va ayollar (6-2) jinoyatini kamaytirishga erishgan
boʻlsak-da, voyaga yetmaganlar (4-6), yoshlar (19-21), ishsizlar (1-2),
guruhlar (1-6) jinoyati esa biroz oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzar -liklarga
oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini
bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir
mahallalarda 253 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning
muammolarini hal qilish boʻyicha 151 ta choralar koʻrildi.
Bulardan tashqari, 7 058 nafar ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlardan
102 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 425 nafari kasbga oʻqitildi, 465 nafari
esa, kasbga yoʻnaltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham
chetda qolmadi.
Ularning 4 nafari kasb-hunarga
oʻqitildi, 3 nafarining bandligi taʼminlandi, 19 nafarining ijtimoiy muammolari
hal etildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb
yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning
sabab va omillarini koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib,
ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda
yashash va oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining
javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat,
tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 44 nafar bolalar, muntazam dars
qoldiruvchi 33 nafar, tarbiyasi ogʻir 69 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning
119 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona
qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 11 ta
muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga
xavfsizlikni taʼminlovchi 13 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yoʻl voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir
boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, 2025-yil 5 oyi 26 kun davomida 5 ta holatda voyaga
yetmaganlar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan joriy yilning
oʻzida voyaga yetmaganlarning 5 nafari esa ogʻir tan jarohati olgan.
Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar !
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron
boʻlib qolmasliklari uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida
eʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.
Hurmatli fuqarolar !
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham koʻrilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish yoʻlida qatʼiy
murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun
Yangiqoʻrgʻon axlidan oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Barcha tashkilotlar boʻyicha tahlillar oʻtkazilayapti, mana shu mart
oyining oʻzida yuqori idoralarga, hukumatga, aholiga xizmat koʻrsatish,
idoralarning boshqaruv tartibini yaxshilash bilan bogliq 4 ta takliflar ishlab
chiqildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda koʻp masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida
ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan,
jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga
imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz
kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini
aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi
bor fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy
qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va
psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi
immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar !
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda
jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga chek qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga
hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida
xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi bilan
yondoshishni soʻrayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday
koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga
nisbatan jazoning muqarrar
taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Barchamiz jinoyatdan holi yangi Oʻzbekiston uchun birlashaylik !!!
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Yangiqoʻrgʻon tuman prokurori O.Raxmonov