5 Iyun 2025 yil 171

Yangiqoʻrgʻon tuman prokurori va tuman IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!

 

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli koʻrilmagan islohotlar  amalga  oshirilmoqda.

Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin oʻsib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham boʻlmoqdamiz.

Prezidentimiz ana shu yangilanish, oʻzgarishlar samarador boʻlishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtardilar.

Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bogʻliqdir.

 

Aziz Yangiqoʻrgʻon tuman ahli!

 

“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.

Yangiqoʻrgʻon tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir koʻrsatadi, uning oʻziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.

Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.

Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.

Shu bois, tumanning har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida, istirohat bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari koʻrilayapti.

Qadrli yurtdoshlar !

Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga qoʻyganmiz.

2025-yil 3 yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi, mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 71 ta mahallaning kriminogen vaziyati ogʻir 14 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.

Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi.

“Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 62 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisga 360 gradus aylanuvchi 1 ta, mahallalarning asosiy kirish chiqish joylariga 23 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomabil raqamini tanib oluvchi 5 ta, maktablardagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga, ochiq sport maydonlariga 18 ta, jami 36 ta PTZ-kameralar, koʻp qavatli uylarning eshiklariga 12 dan ortiq damafonlar, uylarning kirish yoʻlaklariga 7 dan ziyod tashvish tugmalari oʻrnatildi. Mahallalardagi koʻp qavatli va yakka tartibdagi 156 dan ortiq  xonadonlarni Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmat tomonidan tezkor qoʻriqlovga olindi.

Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 217 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 10 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 27 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 43 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.

Misol uchun, Shuningdek, bedarak yoʻqolgan 3 nafar shaxslar topilib, 6 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.

Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 7 ta mahallalarning 2 tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda. (Soyboʻyi, va Qorapolvon qizil mahalla toifasida turadi)

Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni yoʻlga qoʻydik.

Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 14 ta oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qoʻllanildi.

Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2-chorak uchun yoʻl xaritalarni ham ishlab chiqildi.

Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.

Bu borada viloyat prokurori farmoyishi qabul qilib, barcha tezkor xodimlar 71 ta mahallalarga nomma-nom biriktirildi.

Har bir sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilib, tarqatildi.

Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil
va sabablarini oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda amaliy tadbirlarni ham oʻtkazadi.

Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla  prokurori”  degan yondashuv bilan ishlaymiz.

Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.

Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.

Joriy yilning 1-choragida 11 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 200 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.

Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq eʼtibor berishi lozim  boʻlgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.

Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini ham oʻylab topmoqdalar.

Keyingi vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol boʻladi.

Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.

Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.

Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 47,0 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning oʻtgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablagʻlarini yechib olish holatlari yuzasidan 115 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 9 tasi yoki 13,3 foizi firibgarlik hamda 28 tasi yoki 86,7 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.

Soʻnggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.

Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan.
Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil fyeyk xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi   maʼlumotlarni sir saqlashni soʻrab qolamiz.

 

Aziz tumandoshlar!

 

Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.

Aytish kerakki, yilning dastlabki 5 oyi yakuniga koʻra, mast xolda
(3-0), muqaddam sudlanganlar (5-1) va ayollar  (8-1) jinoyatini kamaytirishga erishgan boʻlsak-da, voyaga yetmaganlar (3-4), yoshlar (19-21), ishsizlar (1-2), guruhlar (1-6) jinoyati esa biroz oshgan.

Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.

Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.

Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda 246 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish boʻyicha 148 ta choralar koʻrildi.

Bulardan tashqari, 992 nafar ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlardan 102 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 425 nafari kasbga oʻqitildi, 465 nafari esa, kasbga yoʻnaltirildi. 

Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.

Ularning 4 nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 3 nafarining bandligi taʼminlandi, 19 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.

Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.

Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning sabab va omillarini koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.

Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.

Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 44 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 33 nafar, tarbiyasi ogʻir 69 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning 119 nafari maktablarga qaytarildi.

Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 29 ta muammosi hal qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 13 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.

Tahdidlardan yana bittasi, bu voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalaridir.

Bu yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.

Raqamlarga qarasak, ohirgi ikki yilda qariyb 40 ta holatda
(2023-y. 18 ta, 2024-y. 16 ta, 2025-y. 6 ta) voyaga yetmaganlar transport vositalarini olib qochib, yoʻl-transport hodisalari sodir etilgan.

Umuman olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan
2024-yilning oʻzida voyaga yetmaganlarning 2 nafari ogʻir tan jarohati olgan.

Shuning uchun biz bu borada keng qamrovli tadbirlarni belgilab oldik.

 

Hurmatli fuqarolar!

 

Juda koʻp masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.

Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.

 

Aziz hamyurtlar!

 

Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga chek qoʻyishga kafolat beradi.

Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.

Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.

 

Eʼtiboringiz uchun rahmat!


Yangiqoʻrgʻon tuman prokurori O.Raxmonov va tuman IIB boshligʻi R.Usubjonov

Text to speech