Yangi Namangan tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin o‘sib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham bo‘lmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Aziz Namangan tuman ahli!
“Yangi O‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Namangan tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta taʼsir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilyapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinyapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilyapti.
Qadrli yurtdoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
2025 yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 53 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 6 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yo‘l xaritalari” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 1000 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 gradus aylanuvchi 40 ta, mahallalarning asosiy kirish - chiqish joylariga 305 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 23 ta, jami bo‘lib 1500 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 200 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 200 dan ortiq tashvish tugmalari o‘rnatildi, 150 ta savdo muassasalari va qariyb 1200 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 3000 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 44 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 200 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 2000 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda bo‘lgan 10 nafar, jazodan bo‘yin tovlab kelayotgan Probatsiya hisobidagi 4 nafar shaxslar hamda olib qochilgan 1 ta transport vositalari ushlandi. Shuningdek, bedarak yo‘qolgan 20 nafar shaxslar topilib, 50 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 6 ta mahallalarning 4 tasida yoki 67 foizida kriminogen vaziyat saqlanmoqda.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 46 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2-chorak uchun yo‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada viloyat prokurori farmoyishi qabul qilib, barcha tezkor xodimlar 25 ta mahallalarga nomma-nom biriktirildi.
Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib, tarqatildi.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini o‘rganishdan tashqari o‘sha hududda amaliy tadbirlarni ham o‘tkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning o‘tgan 6 oyida 20 ta o‘rganishlar
o‘tkazilib, 600 ga yaqin prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 200 nafardan ortiq shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham ko‘proq eʼtibor berishi lozim bo‘lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bo‘lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar ko‘proq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yo‘llarini ham o‘ylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 37 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning o‘tgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari yuzasidan 131 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 64 tasi yoki 49 foizi firibgarlik hamda 56 tasi yoki 36 foizi o‘g‘rilikni tashkil qilgan.
So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Aziz tumandoshlar!
Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 6 oyi yakuniga ko‘ra, muqaddam sudlanganlar (4-8), voyaga yetmaganlar (4-17), mast holda (1-1), ishsizlar (2-6), ayollar (6-13) jinoyatini kamaytirishga erishgan bo‘lsak-da, yoshlar (36-35) jinoyati jinoyati esa biroz oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, o‘tkazilgan o‘rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 300 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha 250 taga yaqin choralar ko‘rildi.
Bulardan tashqari, 456 nafar ishsizlardan 158 nafari ishga joylashtirildi, 74 nafari kasbga o‘qitildi, 51 nafari esa, kasbga yo‘naltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi. Ularning 10 nafari kasb - hunarga o‘qitildi, 25 nafarining bandligi taʼminlandi, 200 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Kelajak taqdiri sifatida birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tig‘ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 48 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 25 nafar, tarbiyasi og‘ir 300 nafarga yaqin o‘quvchilar aniqlandi. Ularning 150 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 350 nafarining muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 35 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yo‘l voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatlardir.
Ular tomonidan bitta bo‘lsa ham jinoyat sodir etilishi kelajagimiz uchun tahdid sifatida qarashimiz, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytadigan bo‘lsak, favqulodda hodisa sifatida qarashimiz zarur.
Shuning uchun biz bu borada keng qamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzarliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Yangi Namangan tuman prokurori H.J.Isoqov