Yangi Namangan tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin o‘sib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham bo‘lmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Aziz Yangi Namangan ahli!
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib bo‘lmaydi.
Yangi Namangan tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.
Aziz vatandoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
Prezidentimizning 2025 yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 25 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir, 6 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan. Barcha mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirli yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.
Mahallalardagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi 1 500 tadan ortiq xonadonlarni Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmat tomonidan tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 2000 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 72 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 180 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 700 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Albatta bu natija beryapti.
Misol uchun, shuningdek, bedarak yo‘qolgan 21 nafar shaxslar topilib, 40 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 6 ta mahallalarning 5 tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 97 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.
Eʼtibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 3 - chorak uchun yo‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-lar 25 ta mahallalarga nomma – nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqdik va tarqatdik.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini o‘rganishdan tashqari o‘sha hududda amaliy tadbirlarni ham o‘tkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning o‘tgan 3 - choragida 20 ta o‘rganishlar o‘tkazilib, 600 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham ko‘proq eʼtibor berishi lozim bo‘lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bo‘lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 50 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning o‘tgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari yuzasidan 300 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Oqibatda esa fuqarolarga 2 mlrd. so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 66 tasi firibgarlik hamda 134 tasi o‘g‘rilikni tashkil qilgan.
So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Aziz viloyatdoshlar!
Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 8 oyi 12 kun davomida, yoshlar (59-50), voyaga yetmaganlar (23-6), muqaddam sudlanganlar (16-9) va ayollar (22-14), guruh tarkibida (32-25), mast holda (5-3) jinoyatini kamaytirishga erishilgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, o‘tkazilgan o‘rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 560 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha 350 ta choralar ko‘rildi.
Bulardan tashqari, ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlarni doimiy ishga joylashtirildi, 800 nafari kasbga o‘qitildi, 650 nafari esa, kasbga yo‘naltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 15 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 25 nafarining bandligi taʼminlandi, 45 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tig‘ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 80 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 55 nafar, tarbiyasi og‘ir 75 nafar o‘quvchilar aniqlandi. Ularning 250 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 90 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 40 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yo‘l voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalaridir.
Bu yo‘nalish bilan bog‘liq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, 2025 yil 8 oyi 12 kun davomida 3 ta holatda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq yo‘l -transport hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yo‘l-transport hodisalari oqibatida o‘tgan joriy yilning o‘zida voyaga yetmaganlarning 2 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.
Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar!
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron bo‘lib qolmasliklari uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida eʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham ko‘rilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga to‘siq bo‘lmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berish yo‘lida qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Yangi Namangan axlidan o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiraman.
Barcha tashkilotlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazilayapti, mana shu mart oyining o‘zida yuqori idoralarga, hukumatga, aholiga xizmat ko‘rsatish, idoralarning boshqaruv tartibini yaxshilash bilan bogliq 5 ta takliflar ishlab chiqildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi bilan yondoshishni so‘rayman.
Barchamiz jinoyatdan holi yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!!!
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Yangi Namangan tuman prokurori H.Isoqov