Yangi Namangan tuman IIB boshlig'ining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Aziz Yangi Namangan ahli!
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib bo‘lmaydi.
Yangi Namangan tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.
Aziz vatandoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
Prezidentimizning 2025 yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 25 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir, 6 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan. Barcha mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirli yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.
Mahallalardagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi 1 500 tadan ortiq xonadonlarni Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmat tomonidan tezkor qo‘riqlovga olindi.
Albatta bu natija beryapti.
Misol uchun, shuningdek, bedarak yo‘qolgan 21 nafar shaxslar topilib, 40 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 97 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.
Eʼtibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 3 - chorak uchun yo‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-lar 25 ta mahallalarga nomma – nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqdik va tarqatdik.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Oqibatda esa fuqarolarga 2 mlrd. so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 66 tasi firibgarlik hamda 134 tasi o‘g‘rilikni tashkil qilgan.
So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Aziz viloyatdoshlar!
Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 8 oyi 12 kun davomida, yoshlar (59-50), voyaga yetmaganlar (23-6), muqaddam sudlanganlar (16-9) va ayollar (22-14), guruh tarkibida (32-25), mast holda (5-3) jinoyatini kamaytirishga erishilgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzar -liklarga oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 15 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 25 nafarining bandligi taʼminlandi, 45 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 40 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yo‘l voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalaridir.
Bu yo‘nalish bilan bog‘liq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar!
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham ko‘rilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga to‘siq bo‘lmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berish yo‘lida qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Yangi Namangan axlidan o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiraman.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Aziz hamyurtlar!
Barchamiz jinoyatdan holi yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!!!
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Yangi Namangan tuman IIB boshlig‘i M.D.Sobirjonov
 
                     
                                    