7 Sentyabr 2024 yil 2453

“Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Namangan viloyati IIBning 2024-yil 2-avgust kunidagi “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan joriy yilning 7-sentyabr kuni shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirokida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda 14 nafar xodim ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab jismoniy tayyorgarlik sinovida to‘sinda tortilish, 100 metr va 1000 metr masofaga yugurish shartlarini bajarishdi.

Ikkinchi shartda xodimlar test savollari orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Uchinchi shartda psixologik sinovdan o‘tgan ishtirokchilar bilan tanlov yakunida komissiya aʼzolari tomonidan suhbat o‘tkazildi.

Maʼlumot uchun, birinchi o‘rinni egallagan xodim tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech