23 Oktyabr 2020 yil
588
“Neksiya” piyodani jarohatladi.
Shu yil 12 oktyabr kuni soat 18:20 larda, Namangan shahar A.Temur ko‘chasida Neksiya rusumli avtomashinani yo‘l varaqasi bilan boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 21 oktyabr kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati