29 Oktyabr 2020 yil 485

Neksiya haydovchisi 5 yoshli piyodani urib yubordi.

Joriy yil 2 oktyabr' kuni soat 13:00 larda, Uchqo‘rg‘on-Xaqqulobod yo‘lining 7 km.da Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Uchqo‘rg‘on tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2015 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, bosh miya lat yeyishi, o‘ng umrov suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 27 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech