12 Aprel 2021 yil 986

“NAMANGANDA GAI BILAN TORTISHUV” yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “NAMANGANDA GAI BILAN TORTISHUV” izohi bilan tarqalgan videolavha yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida quyidagilar ma'lum bo‘ldi.
Joriy yil 2 aprel' kuni Reja-taqsimot asosida Namangan shahar I.Karimov ko‘chasida (5-tarmoq) YPXB 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori xizmat olib borayotgan vaqtida 50 E 409 QA Neksiya rusumli avtomashinasi Namangan shahar I.Karimov ko‘chasida soat 10:10 chamasida Yo‘l harakati qoidalarini 12-bandini buzib, "Uyali qo‘l telefonidan foydalanganligi uchun" to‘xtatib tekshirilgan. Haydovchi xujjatlarini taqdim qilgandan so‘ng, YPX insektori unga qoidabuzarlik holatini tushuntirgan. Haydovchi esa buni tan olmasdan, inspektordan isbotlab berishini so‘ragan. Inspektor tomonidan vizual kuzatuv orqali aniqlanganligi ya'ni ko‘z bilan ko‘rganligi tushuntirilgan vaqtida, haydovchi “Menga qonun bilan emas, bodi kameradan ko‘rsatib bering” deb talab qilgan. YPX inspektori videoyozuvni ko‘rish uchun server joylashgan manzilga borish lozimligini tushuntirganda haydovchi borishni hoxlamay, shu yerda ko‘rsatishni talab qilgan. YPX inspektori avtomashina gaz balloni kapronligiga shubha qilib, orqa yuk xonasini ochishni talab qilgan va ikkita xolis ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. YPX inpektorini tushuntirishiga qaramay eshitishni xoxlamay o‘zini gapini maqul deb telefon orqali tasvirga olgan, (Qoidabuzarligi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilmagan) 2-guruh Komandiri katta leytenant R.Sultonov tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng olgan tasvirini o‘chirib tashlaganligini aytib, qilgan xatti-xarakatlari noto‘g‘riligini bilib, uzr so‘rab harakatlangan. Biroq, oradan biroz vaqt o‘tib, YPX inspektori bilan o‘zaro munosabatini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan. Viloyat YHXB kadrlar bo‘limi tomonidan inspektorga kelgusida fuqarolar bilan ziddiyatlarni keltirib chiqarmasligi, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech