13 Sentyabr 2021 yil 671

Namanganda Ekopolisiya tashkil etilmoqda.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev raisligida avgust oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensasiya miqdori 2 baravarga oshirilishini davlat rahbari alohida ta'kidlab, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya polisiyasi tashkil etilishini ma'lum qilgan edi. Ekologiya polisiyasining zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan, daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakon'erlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi. Ushbu polisiya ichki ishlar tizimida xizmat olib boradi, uning faoliyati o‘zi aniqlagan huquqbuzarliklardan undirilgan jarimalar hamda mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi. yangi tizimni yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Namanganda ham ekologiya bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va kamchilik xamda qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida viloyat IIB PPX va JTSB PPXB hamda Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish boshqarmasi xodimlari hamkorligida shahar bo‘ylab nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida kanal va hovuzlar atrofiga maishiy hamda qattiq jismli chiqindilarni tashlab ketayotgan 25 nafar fuqarolarga ogohlantirishlar berilib, kelgusida ham shu kabi holat sodir etishsa jarimaga tortilishlari mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, xodimlar fuqarolarga jamoat joylarida tozalik va ozodolikka rioya etishlarini, atrof muhitni chiqindilar bilan to‘ldirish emas ulardan tozalashda faol bo‘lishlarini ta'kidlashdi. Qaerda noqonuniy daraxt va boshqa o‘simlik, yoki hayvonlarni nobud qilishga urinish holatlari kuzatilsa bu haqda darhol tegishli idoralarga xabar berish lozimligi tushuntirildi.

Ekologiya va PPX xodimlari tomonidan joylarda atrof muhit ozodaligiga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech