3 Iyun 2023 yil 2687

Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati ofitserlar va safdorlar tarkibidagi mavjud bo‘sh lavozimlar uchun tanlov eʼlon qilinadi

Tanlov tadbirlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 5-mart kunidagi 52-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.

Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:

-O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

-Namangan viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lishi;

-yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmasligi;

-harbiy xizmatni o‘tagan va lavozim xususiyatlaridan kelib chiqib erkak jinsli bo‘lishi.

Yo‘l-patrul xizmati inspektori lavozimlariga nomzodlar haydovchilik guvohnomasiga hamda

quyidagi mutaxassisliklarga ega bo‘lishi talab etiladi:

-yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi; -avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi;

-avtomobil yo‘llari va aerodromlar ta’lim yo‘nalishi;

-ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi;

-avtomobil transporti, yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

-transport inshootlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

-qiymat injiniringi ta’lim yo‘nalishi;

-shahar yo‘llari va ko‘chalari ta’lim yo‘nalishi;

-kasbiy ta’lim-avtomobil va aerodromlar;

-kasbiy ta’lim-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

-menejment-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

-marketing-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

-tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi;

-elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi;

-xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-xizmatlar sohasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-ekologiya va atrof muhit muhofazasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi ta’lim yo‘nalishi;

-harakat xavfsizligini tashkil etish mutaxassisligi;

-ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish mutaxassisligi;

-ko‘tarish, tashish va yo‘l qurilish mashinalari ta’lim yo‘nalishi;

-huquqiy ta’lim sohasi; harbiy ta’lim sohasi.

 

Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi 

-dastlabki o‘rganish;

-umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

-intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash;

 -yakuniy suhbat. 

Sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin)) individual turlarida g‘olib chiqqan nomzodlarga alohida imtiyozlar belgilangan.

 

  Quyidagilar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:

-belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

-ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lganlar;

-boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilganlar;

-sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo‘llanilgandan qat’i nazar) fuqarolar.

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yigitlar joriy yilning 5-10 iyun kunlari soat 09:00 dan 17:00 ga qadar IIV Namangan akademik litseyiga borib, quyidagi hujjatlarni aslini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari lozim:

-biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;

-yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasalaridan birini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom yoki oliy ta’lim muassasasining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

-harbiy guvohnoma;

-doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan bo‘y balandligi bo‘yicha antropometrik parametr ko‘rsatilgan sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma.

 

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi, ariza bilan murojaat etgan nomzodlarga tanlov tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida xabar beriladi.

Tanlov tadbirlari boshlanganidan keyin murojaat qilgan yoki yuqoridagi talablarga to‘g‘ri kelmaydigan nomzodlar ushbu tanlovda ishtirok eta olmasliklari to‘g‘risida ogohlantiramiz.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @nomzod2020 manzili yoki 95-120-44-34 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Manzil: Namangan shahar,  Uychi ko‘chasi, 124-uy

Mo’ljal: Chorsu bozorida so’ng Uychi tumani yo’nalishida, viloyat endokrinologiya shifoxonasi ro’parasida)

Text to speech