26 Dekabr 2023 yil 4120

Namangan viloyati IIBda "Yangi yil" bayrami arafasida xodimlar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar organlari xodimlari kecha-yu kunduz xalq xizmatida osoyishtalik va tinchlikni taʼminlash maqsadida tinim bilmay xizmat qilib kelishmoqda. Barchaga maʼlum Yangi yil bayrami ham yaqinlashmoqda. Ushbu sana arafasida barcha bozorlarda bayram dasturxoni uchun xarid maqsadida kelgan fuqarolar ko‘paya boshlaydi. Tizim xodimlarida esa bunday imkoniyat kamroq bo‘lgani, yaʼni ular o‘z xizmat vazifasidan vaqt ajrata olmagani bois viloyat IIB va uning sohaviy xizmatlari tomonidan “Yangi yil” yarmarkasi tashkil etildi.

Joriy yilning 26-dekabr kuni Namangan viloyati IIB da tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarka ham shular jumlasidandir. Tashkil etilgan ushbu yarmarkada shahardagi savdo do‘konlari va bozorlardan sifatli oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinib, xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun qulay narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Bayram arafasida bu kabi yarmarkalarni o‘tkazib borilishi xodimlarning vaqti tejalishiga ularning oila aʼzolarini esa bayramni to‘kin dasturxon ila yaxshi kayfiyatda qarshi olishlariga ko‘mak beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech