19 Mart 2024 yil 2550

Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Bugun, IIVning 2024-yil 9-martdagi “Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash to‘g‘risida” Farmoyishi talablariga muvofiq, Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari ishtirokida saf ko‘rigi hamda saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davrida rahbar va masʼul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibni Vazirlikning “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-avgustdagi buyrug‘ida belgilangan formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomasi hamda ularning saf tayyorgarligi darajasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha masʼul rahbarlar ogohlantirilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech