Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasidagi uchrashuvlar o'tkazilmoqda
Hozirgi kunda Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ular tomonidan salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov va IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi tomonidan Kosonsoy hamda Yangiqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlarning ota-onlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda dastlab, polkovnik Faxriddin Rahmatov davlatimiz tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar haqida maʼlumot berib, xodimlarni xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda Ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari hamda ota-onalarga bu bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur ekanligi alohida taʼkidladi.
Shundan so‘ng, IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi tomonidan xodimlar turli salbiy holatlar, yaʼni korrupsion va tamagirlik holatlarini sodir etmaslik, xizmatni o‘tash davomida buyruq hamda qonunlarga qatʼiy amal qilishlari, noqonuniy xati-harakatlardan tiyilishlari haqida ogohlantirildi.
Uchrashuv so‘nggida, ijobiy ish ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning oila-aʼzolari Boshqarma rahbariyatining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, 7 nafar xodimlarga ofitserlar tarkibidagi navbatdagi maxsus unvonlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati