14 Oktyabr 2025 yil 18

Namangan viloyati IIB boshlig‘i tomonidan hududlarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va omillarini chuqur tahlil qilish hamda bu orqali tegishli chora-tadbirlarni belgilash eng asosiy vazifa hisoblanadi. Shunga ko‘ra, har bir sodir etilgan jinoyat ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan tegishli mutasaddi idoralar vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida tizimli ravishda muhokama qilinib kelinmoqda.

Jumladan, bugun boshqarma boshlig‘i tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanining “Qodirobod”, Chust tumanining “Hisorak” va “Yettiqo‘rg‘on”, shuningdek, Pop tumanining “Chig‘anoq” va “Yuqori Chodakboshi” mahallalarida sodir etilgan oila-turmush doirasidagi, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar tuman hokimlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari va mahalla faollari ishtirokida kengaytirilgan tarzda muhokama qilindi.

Muhokamada mazkur jinoyatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan masʼullar faoliyati keskin tanqid qilinib, mahallalarda tizimli ish tashkil etmagan, nizoli oilalar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazmagan yettilik aʼzolari, shuningdek, alohida nazorat talab etuvchi shaxslar bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmagan mutaxassis xodimlar qatʼiy ogohlantirildi.

Bu kabi muhokama jarayonlari viloyatning barcha shahar va tumanlarda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech