21 Avgust 2023 yil 903

Namangan viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoni hamda Namangan viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 28 iyuldagi “Viloyat ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 162-son buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 21 avgust kuni viloyat ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida boshqarmaning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqasiga start berildi.

Tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo‘linmalardan tashkil topgan 24 ta jamoalar tomonidan o‘z kuch va mahoratlarini namoyon qilgan holda musobaqani yana-da qizg‘in va murosasiz o‘tishini bezab bormoqdalar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech