23 Iyun 2023 yil 353

Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Uychi tumani “Dehqon” mahallasida yashovchi aholining yashash va turmush sharoitlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida jami 10 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 15 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlar mahalla ichki yo‘llarini asfalt qilish, elektr simyog‘ochlari va transformatorlarni yangilash, bepul davolanish, moddiy yordam olish hamda boshqa masalalarda kelib tushdi.

Murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar masʼullarga biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Boshqarma rahbariyati tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech