10 Noyabr 2020 yil 451

Namangan tumanida “Dron” uchirish holati aniqlandi.

2020 yil 16 oktyabr' kuni soat 12:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “Mavik pro” nomli uchuvchisiz uchadigan apparatida, Namangan tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonida o‘tkazilayotgan to‘y-marosimni video tasvirga olayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 28 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 2444-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech