22 Sentyabr 2025 yil 118

Namangan tuman IIB boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati

Assalomu alaykum hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!

Joriy yilda, tuman hududida jamoat havfsizligini taʼminlashga qaratilgan barcha-chora tadbirlar ko‘rildi.

Hurmatli Prezidentimiz tomonilaridan respublikamiz hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratib, bunda ichki ishlar organlari oldiga ham aniq vazifalarni belgilab berganlar.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari.

Bugungi kunda tuman hududidagi jinoyatchilik ahvoli, uni oldini olish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha qichqacha axborot bersam.

Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar -13,7 foizga (102 tadan 88 taga -14 ta),

-mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar esa -42,6 foizga (47 tadan 27 taga, -20 ta) kamaygan.

-aniqlanadigan jinoyatlar +16,1 foizga (62 tadan 72 taga, +10 ta) ko‘p aniqlanib, jinoyat sodir etib yurgan shaxslarga jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Tumanimizdagi 50 ta mahallalardan 35 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi, 14 ta mahalla sariq, 1 ta mahalla qizil toifaga kiritildi.

Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishi bo‘yicha:

So‘ngi yillarda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.

Mahallalarda mavjud muammolarning joyida manzilli hal etilishi uchun ijtimoiy profilaktika tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 4728 nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud muammolarini mahalla yettiligi tomonidan hal etilishi taʼminlanmoqda.

Mahalla faollari tomonidan 184 nafar shaxslar muammolarini ijobiy hal etildi.

Jumladan,

- 25 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi,

-20 ta ajrim yoqasidagi nizoli oilalar yarashtirildi,

-13 nafar og‘ir ahvoldagi ayollarga yordamlar ko‘rsatildi,

-14 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi, 

-4 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlar ijtimoiy moslashtirildi,

-15 nafar ishsiz yoshlar kasb-xunarga yo‘naltirildi,

-5 nafar ko‘makka muhtoj og‘ir toifadagi yoshlarning muammolari hal etildi,

-16 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi,

-4 nafar tibbiyot muassasalari hisobida turuvchi shaxslar sog‘lom hayotga qaytarildi,

-29 ta og‘ir ahvoldagi oilalarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi,

-20 nafar keksa va yolg‘iz yashovchi shaxslarga tibbiy yordamlar ko‘rsatildi,

-19 nafar nogironlarga ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordamlar ko‘rsatilib, muammolari ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda ijtimoiy profilaktik tadbirlari amalga oshirilishi o‘zining ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir etilishini oldini olishga samarali xizmat qilmoqda.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari.

Jinoyatlarning eng ko‘p sodir etilayotgan turlari, uning kelib chiqish sabab va omillariga to‘htalib o‘tsam.

O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha:

Joriy yilda tuman hududida 18 ta o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etildi.

Mazkur jinoyatlar tahlil qilganimizda,

-6 tasi xonadonda,

-5 tasi velosiped o‘g‘irligi,

-7 tasi boshqa turdagi o‘g‘irliklarni tashkil qilgan.

Bundan ko‘rinmoqdaki, o‘g‘irlik jinoyatini kelib chiqishiga o‘zimiz ham befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot bo‘lmay harakatlanishimiz oqibatida jinoyatchilarga zamin yaratib berilayotganli ko‘rinmoqda.

Firibgarlik jinoyati bo‘yicha:

Joriy yilda tuman hududida 15 ta firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.

Ushbu jinoyatlarni sodir etilishi ham fuqarolar oson va tez daromad topishga intilishi, “o‘zaro lavz”, “o‘zaro ishonch”, “tanish-bilish” tushunchalari asosida xuquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga kirishishlari oqibatida sodir etilmoqda.

Yuqoridagi holatlardan ko‘rinmoqdagi, fuqarolarimizning o‘zlari bila turib firibgarlik qurboniga aylanmoqdalar. 

Yana bir muhim jihatga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, jamoat joylarida fuqarolar sovuq qurolni olib yurish holatlari ko‘plab uchramoqda.

O‘tkazilgan “Tig‘” tadbirlar jarayonida 151 ta holatlarda fuqarolar tig‘li jismlarni yonlarida olib yurganliklari aniqlanib, tegishli tartibda choralar  ko‘rilgan.

Shu o‘rinda, sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (1852) moddalarida taqiqlangan.

Giyoxvandlik bo‘yicha:

Yana bir muhim masalalardan biri giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomulasi bilan bog‘liq jinoyatlardir.

Tuman hamkor tashkilotlari bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uni yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.

O‘tgan davr mobaynida olib borilgan tadbirlar jarayonida 28 ta jinoiy holatlar aniqlanib, 4580,0 gr.dan ortiq giyohvandlik moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.

Mazkur holatlar bo‘yicha 23 nafar shaxslarning  javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Hurmatli fuqarolar, giyohvandlik illati bilan aksariyat yoshlarimiz shug‘ullanmoqda. 

Albatta bir narsani unutmasligimiz kerak, talab bo‘lmasa taklif ham bo‘lmaydi.

Barchamiz bunga masʼul bo‘lib, jamiyatimizda giyohvandlik vabosini oldini olish bilan shug‘ullanmasak, kelajak avlod taqdiriga befarq bo‘lgan bo‘lamiz.

Bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashimiz shart va lozim deb hisoblayman.

Kiber jinoyati bo‘yicha:

So‘nggi vaqtlarda butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar (yaʼni kiberjinoyatlar) keskin ortib bormoqda.

Bu turdagi jinoyatlarning o‘ziga xos murakkab tomoni shundaki, jinoyatni sodir etayotgan shaxs uchun chegara va masofa to‘sqinlik qilmaydi, jinoyatchi qisqa fursatda o‘nlab, hatto yuzlab fuqarolarni jabrlanuvchiga aylantirib qo‘yishi mumkin.

Joriy yilda ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlar umumiy sodir etilgan jinoyatlarning 49,2 foizini (137 ta) tashkil etmoqda.

Ushbu jinoyatlarning asosiy salmog‘ini (96,3%) o‘g‘rilik (137 tadan 74 ta, 54,0 %) va firibgarlik (137 tadan 58 ta, 42,3 %) orqali sodir etilgan.

Achinarlisi, aksariyat holatlarda fuqarolarning o‘zlari firibgarlarga osongina aldanib qolib, plastik karta kodini oddiy holda aytib qo‘yish orqali firibgarlarga topshirib qo‘ymoqdalar.

Shu o‘rinda, ayrim fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali tez va qisqa fursatda boyish ilinjida bo‘layotganliklari ham tashvishli holdir.

Buning oqibatida o‘zlari jinoyat qurboniga aylanmoqdalar.

Hurmatli fuqarolar, plastik karta raqamini jinoyatchining aldoviga kirib oshkor qilishingiz, ishonuvchanligingiz, tezroq boylik orttirishga bo‘lgan qiziqishingiz bu turdagi jinoyatlarning salmog‘ini keskin ortib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu boisdan ushbu jinoyatlarni oldini olishda,

-birinchidan, plastik karta raqamlarini oshkor qilmaslik,

-ikkinchidan, shartnomalarni faqatgina notarial tartibida amalga oshirish,

-uchinchidan, telefon orqali aloqaga chiqqan har qanday shaxsning so‘ziga ishonmaslik lozim bo‘ladi.

Yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha:

Yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 8 oyi davomida tumanda 21 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan.

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralari ko‘rildi, muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borildi.

Lekin, bugungi kunda haydovchilik madaniyatini yetarli deb bo‘lmaydi.

Ayrim haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasliklari, mensimasdan transport vositalarini boshqarishlari, ayrim hollarda esa ota-onalarning o‘zlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositasini boshqarishlariga imkon berayotganliklari og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda.

Misol uchun:

2025-yil 20-yanvar kuni Namangan tumani “Bo‘ston” MFYda yashovchi A.P. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Namangan tumani, “Qoratepa” MFY hududidan o‘tgan “Toshbuloq-Namangan” avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ziga nisbatan chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan velosipedchi 1953-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A urib yuborib, uni o‘rtacha og‘ir tan jarohati olishiga sababchi bo‘lgan.

Yuqoridagi holatlarni oldini olish borasida YHXG tizimi hodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar keng olib borilishi taʼminlanmoqda.

O‘tgan 8 oyda 4851 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, uning 2015 tasi qo‘pol qoidabuzarlikni tashkil qilgan bo‘lsa, 31 ta mast holda transport vositasini boshqarish holatlarini tashkil qilgan.

Aniqlangan 31 ta mastlik holati, bu shuncha yo‘l-transport xodisasini oldi olingan desam, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz tumanimiz fuqarolari, yuqorida yo‘l – taransport hodisalari bo‘yicha birqancha jiddiy masalalar aytib o‘tildi, albatta barchamiz haydovchilik hurmatini saqlagan holda, qoidalarga itoat qilib harakatlansak, hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilmasligiga o‘zimizni hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.

Voyaga yetmaganlar bo‘yicha:

Voyaga yetmaganlarni barkamol inson bo‘lib tarbiyalanishlari, davlatimiz siyosatining eng muxim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘tgan davr mobaynida taʼlim muassalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Lekin, olib borilayotgan ishlar samaradorligi yetarli darajada bo‘lmaganligi bois, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yib kelinmoqda.

Jumladan:

8 oy mobaynida 10 nafar (7/10) voyaga yetmaganlar tomonidan 11 ta (7/10) jinoyatlar sodir etilganligi albatta tashvishli holdir.

Ular tomonidan,

-1 ta transport vositasini olib qochish,

-1 ta og‘ir tan jarohat yetkazish,

-9 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan.

Aksariyat o‘quvchilar o‘zlari bilan birga tig‘li jismlarni olib yurishni odat qilib olganlar.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida o‘quvchilardan 16 dona o‘tkir tig‘li buyumlar olingan.

O‘quvchilarni nazorat qilinmasligi oqibatida dars mashg‘ulotlariga qatnashmaslik holatlariga yo‘l qo‘yib kelinayotganligi “Davomat” tadbirlarida maʼlum bo‘lgan.

Masalan:

O‘tgan davr mobaynida 325 nafar o‘quvchilar darslarga kechikib kelganligi, 121 nafar o‘quvchilar darsdan ketib qolganligi, 721 nafar o‘quvchilar maktabga kelmaganliklari aniqlandi.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari.

Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 18-mart kungi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-110-son qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan taʼlim muassasalarida o‘quvchilar bilan  “Maktab – mahalla – oila” tamoyili asosida ishlash tizimini joriy etildi,

o‘quvchilar o‘rtasida qonunbuzilish va boshqa ko‘rinishdagi hulq og‘ishlariga qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarda Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, maktablarda doimiy ravishda davomatni tekshirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kabi vazifalar yuklatildi.

Yoshlar bo‘yicha:

Joriy yilda yoshlar tomonidan 19 ta jinoyatlar sodir etilgan.

Yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishi tashvishli holdir. Ular tomonidan,

-2 ta Diniy mazmundagi material tarqatish, 

-1 ta Qimorxona tashkil etish,

-3 ta giyoxvandlik,

Yoshlar masalasiga masʼul bo‘lgan tashkilotlar, mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari, yoshlar jinoyati masalasiga jiddiy eʼtibor berib, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etib, oilalardagi maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, bunda ota-onalarning masuʼliyatini oshirishlari muhim deb hisoblayman.

Yoshlar, kelajak poydevori tushunchasi bilan qarab, ularning ezgu niyat va orzularini ro‘yobga chiqarishga barchamiz masʼul ekanligmizni unutmasligmiz zarur.

Aziz tumanimiz fuqarolari.

Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasi faqatgina   davlat idoralarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiblik bo‘lsak, tuman hududida jamoat xafsizligi ishonchi taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit yaratiladi, bu bilan oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz.

Eʼtiboringiz uchun rahmat.

Namangan tumani IIB boshlig‘i A.Ubaydullayev 

Text to speech