Namangan tuman IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Assalomu alaykum Hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!
Joriy yilda, tuman hududida jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan barcha-chora tadbirlar ko‘rildi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan respublikamiz hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratib, bunda ichki ishlar organlari oldiga ham aniq vazifalarni belgilab berganlar.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
Bugungi kunda tuman hududidagi jinoyatchilik ahvoli, uni oldini olish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha qisqacha axborot bersam.
Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar -19,4 foizga (31 tadan 25 taga -6 ta),
-mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar esa -33,3 foizga (18 tadan 12 taga, -6 ta) kamaygan.
-aniqlanadigan jinoyatlar +100,0 foizga (14 tadan 28 taga, +14 ta) ko‘p aniqlanib, jinoyat sodir etib yurgan shaxslarga jazo muqarrarligi taʼminlandi.
Tumanimizdagi 53 ta mahallalardan 42 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi, 8 ta mahalla sariq, 3 ta mahalla qizil toifaga kiritildi.
Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishi bo‘yicha:
So‘ngi yillarda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mahallalarda mavjud muammolarning joyida manzilli hal etilishi uchun ijtimoiy profilaktika tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 4124 nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud muammolarini mahalla yettiligi tomonidan hal etilishi taʼminlanmoqda.
Mahalla faollari tomonidan 106 nafar shaxslar muammolarini ijobiy hal etildi.
Jumladan,
- 22 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi,
-17 ta ajrim yoqasidagi nizoli oilalar yarashtirildi,
-9 nafar og‘ir ahvoldagi ayollarga yordamlar ko‘rsatildi,
-11 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi,
-1 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlar ijtimoiy moslashtirildi,
-12 nafar ishsiz yoshlar kasb-hunarga yo‘naltirildi,
-2 nafar ko‘makka muhtoj og‘ir toifadagi yoshlarning muammolari hal etildi,
-13 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi,
-1 nafar tibbiyot muassasalari hisobida turuvchi shaxslar sog‘lom hayotga qaytarildi,
-26 ta og‘ir ahvoldagi oilalarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi,
-16 nafar keksa va yolg‘iz yashovchi shaxslarga tibbiy yordamlar ko‘rsatildi,
-15 nafar nogironlarga ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordamlar ko‘rsatilib, muammolari ijobiy hal etildi.
Bugungi kunda ijtimoiy profilaktik tadbirlari amalga oshirilishi o‘zining ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir etilishini oldini olishga samarali xizmat qilmoqda.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
Jinoyatlarning eng ko‘p sodir etilayotgan turlari, uning kelib chiqish sabab va omillariga to‘htalib o‘tsam.
O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha:
Joriy yilda tuman hududida 3 ta o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etildi.
Mazkur jinoyatlar tahlil qilganimizda,
-1 tasi xonadonda,
-1 tasi velosiped o‘g‘irligi,
-1 tasi boshqa turdagi o‘g‘irliklarni tashkil qilgan.
Bundan ko‘rinmoqdaki, o‘g‘irlik jinoyatini kelib chiqishiga o‘zimiz ham befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot bo‘lmay harakatlanishimiz oqibatida jinoyatchilarga zamin yaratib berilayotgani ko‘rinmoqda.
Firibgarlik jinoyati bo‘yicha:
Joriy yilda tuman hududida 3 ta firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.
Ushbu jinoyatlarni sodir etilishi ham fuqarolar oson va tez daromad topishga intilishi, “o‘zaro lavz”, “o‘zaro ishonch”, “tanish-bilish” tushunchalari asosida huquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga kirishishlari oqibatida sodir etilmoqda.
Yuqoridagi holatlardan ko‘rinmoqdagi, fuqarolarimizning o‘zlari bila turib firibgarlik qurboniga aylanmoqdalar.
Yana bir muhim jihatga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, jamoat joylarida fuqarolar sovuq qurolni olib yurish holatlari ko‘plab uchramoqda.
O‘tkazilgan “Tig‘” tadbirlar jarayonida 46 ta holatlarda fuqarolar tig‘li jismlarni yonlarida olib yurganliklari aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.
Shu o‘rinda, sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (1852) moddalarida taqiqlangan.
Giyohvandlik bo‘yicha:
Yana bir muhim masalalardan biri giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomulasi bilan bog‘liq jinoyatlardir.
Tuman hamkor tashkilotlari bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uni yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.
O‘tgan davr mobaynida olib borilgan tadbirlar jarayonida 12 ta jinoiy holatlar aniqlanib, 31,0 gr.dan ortiq giyohvandlik moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.
Mazkur holatlar bo‘yicha 12 nafar shaxslarning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Hurmatli fuqarolar, giyohvandlik illati bilan aksariyat yoshlarimiz shug‘ullanmoqda.
Albatta bir narsani unutmasligimiz kerak, talab bo‘lmasa taklif ham bo‘lmaydi.
Barchamiz bunga masʼul bo‘lib, jamiyatimizda giyohvandlik vabosini oldini olish bilan shug‘ullanmasak, kelajak avlod taqdiriga befarq bo‘lgan bo‘lamiz.
Bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashimiz shart va lozim deb hisoblayman.
Kiber jinoyati bo‘yicha:
So‘nggi vaqtlarda butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar (yaʼni kiberjinoyatlar) keskin ortib bormoqda.
Bu turdagi jinoyatlarning o‘ziga xos murakkab tomoni shundaki, jinoyatni sodir etayotgan shaxs uchun chegara va masofa to‘sqinlik qilmaydi, jinoyatchi qisqa fursatda o‘nlab, hatto yuzlab fuqarolarni jabrlanuvchiga aylantirib qo‘yishi mumkin.
Joriy yilda ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlar umumiy sodir etilgan jinoyatlarning 54,3 foizini (25 ta) tashkil etmoqda.
Ushbu jinoyatlarning asosiy salmog‘ini (100,0%) o‘g‘rilik (25 tadan 13 ta, 52,0 %) va firibgarlik (25 tadan 12 ta, 48,0 %) orqali sodir etilgan.
Achinarlisi, aksariyat holatlarda fuqarolarning o‘zlari firibgarlarga osongina aldanib qolib, plastik karta kodini oddiy holda aytib qo‘yish orqali firibgarlarga topshirib qo‘ymoqdalar.
Shu o‘rinda, ayrim fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali tez va qisqa fursatda boyish ilinjida bo‘layotganliklari ham tashvishli holdir.
Buning oqibatida o‘zlari jinoyat qurboniga aylanmoqdalar.
Hurmatli fuqarolar, plastik karta raqamini jinoyatchining aldoviga kirib oshkor qilishingiz, ishonuvchanligingiz, tezroq boylik orttirishga bo‘lgan qiziqishingiz bu turdagi jinoyatlarning salmog‘ini keskin ortib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu boisdan ushbu jinoyatlarni oldini olishda,
-birinchidan, plastik karta raqamlarini oshkor qilmaslik,
-ikkinchidan, shartnomalarni faqatgina notarial tartibida amalga oshirish,
-uchinchidan, telefon orqali aloqaga chiqqan har qanday shaxsning so‘ziga ishonmaslik lozim bo‘ladi.
Yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha:
Yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 3 oyi davomida tumanda 3 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan.
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralari ko‘rildi, muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borildi.
Lekin, bugungi kunda haydovchilik madaniyatini yetarli deb bo‘lmaydi.
Ayrim haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasliklari, mensimasdan transport vositalarini boshqarishlari, ayrim hollarda esa ota-onalarning o‘zlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositasini boshqarishlariga imkon berayotganliklari og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda.
Misol uchun:
2025 yil 20 yanvar kuni Namangan tumani “Bo‘ston” MFYda yashovchi A.Po‘latov boshqaruvidagi “damas” rusumli 50S641EA davlat raqam belgili avtomashinasini Namangan tumani, “Qoratepa” MFY hududidan o‘tgan “Toshbuloq-Namangan” avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ziga nisbatan chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan velosipedchi 1953 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Mirzaxalovni urib yuborib, uni o‘rtacha og‘ir tan jarohati olishiga sababchi bo‘lgan.
Yuqoridagi holatlarni oldini olish borasida YHXG tizimi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar keng olib borilishi taʼminlanmoqda.
O‘tgan 3 oyda 2610 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, uning 1225 tasi qo‘pol qoidabuzarlikni tashkil qilgan bo‘lsa, 25 ta mast holda transport vositasini boshqarish holatlarini tashkil qilgan.
Aniqlangan 25 ta mastlik holati, bu shuncha yo‘l-transport xodisasini oldi olingan desam, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.
Aziz tumanimiz fuqarolari, yuqorida yo‘l – taransport hodisalari bo‘yicha birqancha jiddiy masalalar aytib o‘tildi, albatta barchamiz haydovchilik hurmatini saqlagan holda, qoidalarga itoat qilib harakatlansak, hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilmasligiga o‘zimizni hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Voyaga yetmaganlar bo‘yicha:
Voyaga yetmaganlarni barkamol inson bo‘lib tarbiyalanishlari, davlatimiz siyosatining eng muxim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida taʼlim muassalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Lekin, olib borilayotgan ishlar samaradorligi yetarli darajada bo‘lmaganligi bois, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yib kelinmoqda.
Jumladan:
3 oy mobaynida 3 nafar (3/3) voyaga yetmaganlar tomonidan 3 ta (3/3) jinoyatlar sodir etilganligi albatta tashvishli holdir.
Ular tomonidan,
-1 ta transport vositasini olib qochish,
-1 ta og‘ir tan jarohat yetkazish,
-4 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Aksariyat o‘quvchilar o‘zlari bilan birga tig‘li jismlarni olib yurishni odat qilib olganlar.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida o‘quvchilardan 9 dona o‘tkir tig‘li buyumlar olingan.
O‘quvchilarni nazorat qilinmasligi oqibatida dars mashg‘ulotlariga qatnashmaslik holatlariga yo‘l qo‘yib kelinayotganligi “Davomat” tadbirlarida maʼlum bo‘lgan.
Masalan:
O‘tgan davr mobaynida 244 nafar o‘quvchilar darslarga kechikib kelganligi, 97 nafar o‘quvchilar darsdan ketib qolganligi, 669 nafar o‘quvchilar maktabga kelmaganliklari aniqlandi.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
Hurmatli Prezidentimizning 2025 yil 18 mart kungi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-110-son qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan taʼlim muassasalarida o‘quvchilar bilan “Maktab – mahalla – oila” tamoyili asosida ishlash tizimini joriy etildi, o‘quvchilar o‘rtasida qonunbuzilish va boshqa ko‘rinishdagi xulq og‘ishlariga qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarda Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, maktablarda doimiy ravishda davomatni tekshirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kabi vazifalar yuklatildi.
Yoshlar bo‘yicha:
Joriy yilda yoshlar tomonidan 6 ta jinoyatlar sodir etilgan.
Yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishi tashvishli holdir. Ular tomonidan,
-2 ta Diniy mazmundagi material tarqatish,
-1 ta Qimorxona tashkil etish,
-3 ta giyohvandlik,
Yoshlar masalasiga masʼul bo‘lgan tashkilotlar, mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari, yoshlar jinoyati masalasiga jiddiy eʼtibor berib, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etib, oilalardagi maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, bunda ota-onalarning masʼuliyatini oshirishlari muhim deb hisoblayman.
Yoshlar, kelajak poydevori tushunchasi bilan qarab, ularning ezgu niyat va orzularini ro‘yobga chiqarishga barchamiz masʼul ekanligimizni unutmasligimiz zarur.
Aziz tumanimiz fuqarolari!
Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasi faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiborlik bo‘lsak, tuman hududida jamoat xavfsizligi ishonchi taʼminlanib, mahallalarda xavfsiz muhit yaratiladi, bu bilan oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz.
Namangan tumani IIB boshlig‘i A.Ubaydullayev