14 Sentyabr 2023 yil 2803

Namangan Davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi ma‘rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda, Namangan viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, viloyat hokimligi bosh mutaxassisi, Namangan shahar hokimligining Diniy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi va institut profilaktika inspektori va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda, bugungi kunda jahon miqyosida bo‘layotgan turli hunrezliklar, ekstremizm, terrorizm va ularning salbiy oqibatlari, shuningdek xalqimiz, xususan yoshlarimiz ongida mafkuraviy xurujlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish borasida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi.     

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech