1 May 2025 yil
312
Namangan shahrida fuqaroning yonidan “gashish” aniqlandi
Joriy yilning 19 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi 1-son IIB xodimlari tomonidan “Madaniy” mahallasi hududida “Sumalak guzari” mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan M.Aning yoni ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining cho‘ntagida og‘irligi 2,76 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati