13 Yanvar 2021 yil 392

Masjiddagi namozxonni tunagan o‘g‘ri qo‘lga olindi.

Joriy yilning 9 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojat qilib, shu kuni soat 13:30 larda, Namangan shahrida joylashgan jo'me masjidida namoz o‘qigani kelgan vaqtida noma'lum shaxs, yoniga qo‘ygan narxi 200 AQSh dollarlik “Ayfon-7” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-modasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech