10 Iyul 2021 yil 707

MAN va Damas avtoxalokati o‘lim bilan yakunlandi

2021 yil 10 iyul' kuni soat 00:20 larda Toshkent-Osh yo‘lining 240 km.da,
Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Farg‘ona viloyatida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Andijon viloyatida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasini orqa qismiga urilgan.

Natijada, Damas avtomashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech