12 Aprel 2021 yil 377

“Malibu” haydovchisi velosipedchini urib yubordi va voqea joyidan juftakni rostladi

Joriy yil 11 aprel' kuni soat 01:00 larda, Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasining bergan xabariga ko‘ra, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Kosonsoy-Namangan yo‘lining 28.km.da, Tagijar mahallasi hududida velosipeddan yiqilib, hushsiz xolda olib kelinib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Viloyat IIB JQB va tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan
tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, Namangan shahrida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, vilosipedchini urib yuborib, uni hayotini xavf ostida qoldirib, hodisa joyidan ketib yuborganligi aniqlangan. Avtomashina jarima maydoniga tortilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi va 117- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech