22 May 2023 yil 353

Maktab o‘quvchilari o‘g‘irlik sodir etdi

2023 yil 21 may kuni Yangiqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shu yil 14 may kuni soat 15:30 larda Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayolning yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasidagi shkafda bo‘lgan narxi 5.000.000 so‘mlik ikki dona tilla zirak va bir dona tilla uzuklarini o‘g‘irlab ketgan shaxslar tumandagi maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan, 2006, 2008, va 2007 yillarda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar ekanligi aniqlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech