19 Iyul 2021 yil
358
Kredit ishlarida firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
2021 yil 7 iyul' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil yanvar' oyida, Uychi tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro uning roziligisiz, unga rasmiylashtirilgan imtiyozli kreditni bekor qildirishini aytib, uning nomiga ta'minotchi korxona tomonidan ajratilgan narxi 28.605.000 so‘mlik 1 bosh qora molni olib ketib, boshqa fuqarolarga sotib yuborib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati