5 Avgust 2025 yil 350

Kosonsoy tuman IIB boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!

Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin o‘sib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham bo‘lmoqdamiz.

Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng
ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.

Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.

Aziz Kosonsoy tuman ahli!

Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish borasida choralar ko‘rilayapti.

2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 59 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 7 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.

Barcha tuman va mahallalarning choraklik, shuningdek 3-chorak uchun manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.

O‘tgan davr mobaynida ogohlik va huquqbuzarlikdan himoya tizimini yaratish maqsasidida mahallalardagi ko‘p qavatli uylarning eshiklariga zamonaviy 31 ta domofonlar komplekslari, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari oldiga 7 ta tashvish tugmalari joylashtirilgan bo‘lsa, 18 ta savdo muassasalari va 200 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.

Eng muhumi, namunaviy xavfsiz ko‘cha va yo‘laklarning tashkil etilishi kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashda o‘zining o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda.

Yo‘l-xaritaning mazkur bandi to‘liq bajarilib, tuman hududida 20 dan ortiq ko‘cha va yo‘laklar tashkil etilib, aholi va keng jamoatchilikning xafsizligini taʼminlanga xozirda xizmat qilmoqda.

Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar va yo‘l xarita ijrosi natijada, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 16,9 foizga (89/74  - 15 ta)  kamaydi yoki umumiy jinoyatchilikning 22 foizini  tashkil  etdi.

Yohud, 59 ta mahallarning 31 (55,4%) tasida jinoyat sodir etilmadi, 19 (33,9%) tasida esa kamayishiga erishildi.

Kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 74 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.

Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 3-chorak uchun yo‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.

Hurmatli Kosonsoyliklar!

Jinoyatchilikni oldini olish hamda korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.

Bu borada viloyat prokurori farmoyishi qabul qilib, barcha tezkor xodimlar har bir mahallalarga nomma-nom biriktirildi.

Sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib, bu boradagi profilaktik tadbirlarimizni hamon davom ettirmoqdamiz.

Eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.

Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.

Joriy yilning 7 oyida 59 ta o‘rganishlar o‘tkazilib, 400 dan ortiq shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.

Ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham ko‘proq eʼtibor berishi lozim bo‘lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bo‘lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.

Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar ko‘proq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yo‘llarini ham o‘ylab topmoqdalar.

Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etdi.

Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 64 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda.

Misol uchun, joriy yilning o‘tgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari yuzasidan 204 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 79 tasi yoki 38,7 foizi firibgarlik hamda 122 tasi yoki 59,1 foizi o‘g‘rilikni tashkil qilgan.

So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.

Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi   maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.

Aziz tumandoshlar!

Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz.

Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.

Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.

Aziz hamyurtlar!

Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.

Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.

Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

Kosonsoy tuman IIB boshlig‘i R.Karimov

Text to speech