6 Aprel 2021 yil 381

Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay piyoda shifoxonada vafot etdi.

Shu yil 5 aprel' kuni soat 04:00 larda, Davlatobod tumani Porloq MFY Uychi ko‘chasida Neksiya-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech