Kompyuter buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs barmoq izlari orqali aniqlandi.
Namangan shahar Yangi Namangan tumani Mashrab mahallasida yashovchi fuqaro Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Nurafshon mahallasidagi kompyuterxonasiga nomaʼlum shaxs, eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, kompyuterxonada bo‘lgan umumiy narxi 42.500.000 so‘mlik kompyuter monitorlari va bir to‘plam “BIOSTAR” rusumli kompyuter platasini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida olingan 4 dona qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganda, ushbu qo‘l barmoq izlaridan 1 donasi, Yangi Namangan tumani Atangan guzar mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan shaxsning o‘ng qo‘l ko‘rsatgich barmog‘iga moskelganligi maʼlum bo‘ldi. Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB tezkor vakili tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni shaxs aniqlanib, daliliy ashyo (42.500.000 so‘mlik buyumlar) olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati