23 May 2025 yil 886

“Ko‘knor” o‘simligini parvarishlayotgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 6-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Uchqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan, Uchqo‘rg‘on tumani “Farg‘ona” mahallasida yashovchi, 1958-yilda tug‘ilgan, fuqaro T.I o‘zining yashash uyining tomorqasida 90 tup “Ko‘knor” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech