21 Iyun 2025 yil 400

Kiberfiribgarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 2-iyun kuni viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, shu yil 13-mart kuni, Namangan tumani, “Anjirzor” mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Dning bank plastik kartasidan firibgarlik yo‘li bilan 37.900.000 so‘m pullarini o‘tkazib olgan shaxs, Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan, fuqaro N.E ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech