19 Iyul 2025 yil
607
Kiberfiribgarga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 5-iyul kuni viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 31-may kuni, Namangan shahar, “Marg‘ilon” mahallasida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Aning bank plastik kartasidan 1.340.000 so‘m pulini yechib olgan shaxs, Uychi tumani, “Mirzavot” mahallasida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.M ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati