30 May 2025 yil 583

Kiberfiribgarga qonuniy chora ko‘rildi

Joriy yilning 19-may viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, shu yil 17-may kuni, Kosonsoy tumani, “Go‘rmiron” mahallasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Bning ishonchiga kirib, uning bank plastik kartasidan 8.266.000 so‘m pulini yechib olgan shaxs, Buxoro viloyati, Buxoro shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.A ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech