12 May 2025 yil 146

Kiber firibgarning qilmishlari fosh etildi

Joriy yilning 5 may kuni viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 15 fevral kuni, Yangi Namangan tumani, “Furqat” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.Mning plastik kartasidan 1.000.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxs, Chust tumani, “Mirzaobod” mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.I ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech