23 Mart 2021 yil 389

Kamtarona mehnatning yuksak e'tirofi.

Uzoq yillar davomida Ichki ishlar organlari tizimida samarali mehnat qilib, yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan fidoyi xodimlar doim e'tirofda. Kuni kecha Namangan viloyati IIB 6-sonli TXda "Navro‘z" umumxalk bayrami munosabati bilan tashkil yetilgan tadbirda ana shunday xodimlarning nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sharafli kasb egalarining sohada 20 yildan ortiq xizmat qilganligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun o‘z hissalarini qo‘shgan xodimlardan ekanliklari ta'kidlandi. Shundan so‘ng, faxriy xodimlarga hurmat ko‘rsatilib to‘n kiydirildi. Mashaqqatli va sharafli kasb sohibi bo‘lgan faxriylar yig‘ilganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech