17 Aprel 2021 yil 225

JQB xodimlari tomonidan narkotik savdogari qo‘lga olindi.

Joriy yil 2 aprel' kuni Namangan shahar IIO FMB JQB boshlig‘i hamda tezkor vakili tomonidan Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar Sardoba mahallasida tadbir ishtirokchisiga 300.000 so‘m pul evaziga o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli moddani sotgan vaqtida ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,58 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech