4 Aprel 2023 yil
515
Jahlga erk berishning oqibati yaxshilik bilan yakun topmaydi.
2023 yil 21 mart kuni soat 13:00 larda Namangan shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar Sharq tongi MFYda joylashgan avtoturargohda Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati